Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi maktablarning birida o‘quvchining onasi va o‘qituvchi o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat berdi.
Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan holat boshqarma ishchi guruhi tomonidan tezkor ravishda o‘rganilgan va quyidagilar aniqlangan.
Unga ko‘ra, holat bundan bir oy muqaddam Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida sodir bo‘lgan. U bugungi kunda murojaat asosida tegishli vakolatli tashkilotlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111819 | Инструменты