Xorazmda voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi

Xorazm viloyati Urganch shahrida 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan tushib ketdi. 

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Hozirda jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. 

Sodir bo‘lgan hodisaning sabablari aniqlashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты