Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan “S. I” va “V. S. B” korxonalarida davlat nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Tekshiruv davomida yodlangan osh tuzi ishlab chiqarish jarayonida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Xususan, O‘zDSt 1091-2017 standartining 7.7-bandiga muvofiq, mahsulot tarkibidagi toksik elementlar (qo‘rg‘oshin, mish, kadmiy, simob, rux va margimush) hamda radionuklidlar miqdorini har chorakda nazorat sinovlaridan o‘tkazish talab etiladi. Biroq ushbu korxonalar tomonidan bunday sinovlar o‘tkazilmagan.
Shuningdek, mahsulotlarning tamg‘alash, qadoqlash va saqlanish jarayonlari belgilangan standart va texnik reglament talablariga javob bermasligi aniqlangan. Bu holatlar “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi hamda “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 28 va 42-moddalari talablariga zid hisoblanadi.
Aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan korxona rahbarlariga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar sudga taqdim etildi. Shu bilan birga, belgilangan tartibda moliyaviy sanksiya qo‘llanildi.
Nazorat organlari mahsulot sifatini ta’minlash va iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bunday tadbirlarni davom ettirishini ma’lum qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33112 | Инструменты