Huawei 1
"O‘tgan davrda YAIM hajmi ilk bor 100 mlrd dollardan oshdi. Kelgusi 5 yilda bu raqamni 160 mlrd dollarga yetkazishni reja qilganmiz" — prezident

Ekspertlar fikriga ko‘ra, 2030 yilgacha dunyoda yangi infratuzilma uchun 15 trillion dollar investitsiya talab qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan OIIB Boshqaruvchilari kengashining to‘qqizinchi yillik yig‘ilishida ma'lum qildi.

Shuningdek, xorijiy investitsiyalar oqimi so‘nggi ikki yildan buyon 10 foizdan kamaymoqda, dunyoda moliyaviy resurslar qariyb 2 barobar qimmatlashdi.

Bu muammolar barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishini qiyinlashtirayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bunday sharoitda global xavf-xatarlar oqibatlarini yumshatish, barqaror o‘sish, aholi turmush sharoitini yaxshilashda xalqaro moliya tashkilotlarining roli yana-da oshib bormoqda. 

“Bu borada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki qisqa davr ichida 55 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan nafaqat mintaqa, balki jahon miqyosidagi eng nufuzli moliya tashkilotlaridan biriga aylanganini alohida eʼtirof etish lozim”, - dedi Prezident.

Prezident Shavkat Mirziyoyev:

“So‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar va tub o‘zgarishlar jadal amalga oshirilmoqda. Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yuksaltirishga asosiy eʼtibor qaratyapmiz.

O‘tgan davrda yalpi ichki mahsulotimiz hajmi 2 barobar ko‘payib, ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Kelgusi besh yilda bu raqamni 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – mamlakatimizni aholisi daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga olib chiqishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun oldimizga katta-katta marralarni qo‘yganmiz”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты