Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi qayta tashkil etildi
Bu bo'yicha “Xotin-qizlarni qoʻllab quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (210-son, 14.04.2021-y.) qabul qilingan.
Qarorga koʻra, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi qayta tashkil etildi.
Qaror bilan Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga muvofiq Jamgʻarma:
- ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarga, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab beradi;
- xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi;
- xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablagʻlarini belgilangan tartibda joylashtiradi;
- xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11519 | Инструменты