Huawei 1
"Yallama" chegara bojxona postida “Mercedes Benz”da olib ketilayotgan hujjatsiz tovarlar to'xtatib qolindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali “Mercedes Benz” rusumli yuk avtotransport vositasida O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Bojxona posti xodimlari hamda bojxona audit bo‘limi xodimlari tomonidan tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 mlrd. 150 mln. so‘mlik 30 dona simsiz portativ dinamiklar borligi  aniqlandi.

Jismoniy va yuridik shaxslar amaldagi tartiblarga muvofiq  O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tishda o‘zlari bilan olib ketayotgan tovar va moddiy boyliklarni belgilangan me’yorlar asosida ishonchli va to‘g‘ri deklaratsiyalanishi uchun qonun hujjatlarga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62311 | Инструменты