Huawei 1
Yangi Mehnat Kodeksida xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishda ayrim o'zgarishlar kiritilmoqda

Amaldagi Mehnat kodeksi (124-moddasi)da xodimni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb qilish uning roziligi bilan qo‘llanishi mumkinligi aytilgan. 

Yangi MKning 189-moddasi 6-qismiga ko‘ra ish beruvchi quyidagi holatlarda xodimni roziligisiz ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilishi mumkin bo‘ladi:

— tabiiy yoki texnogen xususiyatga ega halokatlarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq hollarda;

— ishlab chiqarishdagi avariyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish hollarida;

— ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish vaziyatlarida;

— yong‘in, toshqin, zilzila, epidemiyalarning yoki epizootiyalarning oldini olish yoki oqibatlarini bartaraf etish jarayonlarida;

— aholi yoki uning bir qismi hayotiga yoki normal yashash sharoitlariga tahdid soladigan boshqa alohida hollarda;

— markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti, sovuq suv ta’minoti va (yoki) suv chiqarish tizimlarining, gaz ta’minoti, issiqlik ta’minoti, yoritish, transport, aloqa tizimlarining normal ishlashini buzadigan kutilmagan holatlarni bartaraf etish zaruriyati yuzaga kelganda;

— agar ishda tanaffusga yo‘l qo‘yilmasa, smena almashayotgan xodim kelmay qolganda ishni davom ettirish uchun (bunday holda ish beruvchi zudlik bilan smenachini boshqa xodim bilan almashtirish choralarini ko‘rishi shart.

Yangi Mehnat Kodeksida ham ish vaqtidan tashqari ish xodim uchun surunkasiga 2 kun davomida 4 soatdan (mehnat sharoitlari noqulay ishlarda — 1 kunda 2 soatdan) va yiliga 120 soatdan oshmasligiga oid qoidalar o‘zgarmasdan qolmoqda (190-m).

Bundan tashqari, ish vaqtidan tashqari vaqtda ishlaganlik uchun xodimlarga odatdagi ish vaqtiga nisbatan kamida 2 xissa haq to‘lash talablari ham saqlanib qolmoqda (262-modda).

Amaldagi MK kabi xodimning istagiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqti (amaldagi MK bo‘yicha otgul) berish ham mumkin bo‘lyapti. Faqat yangi MKda aniqlik kiritilayotgani: bunday holatlarda ish vaqtidan tashqari ish uchun 1 hissa miqdorida haq to‘lanadi, qo‘shimcha dam olish vaqti uchun esa haq to‘lanmaydi (262-modda).

Eslatib o‘tamiz, yangi MK 2023-yil 30-apreldan kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91003 | Инструменты