“Nurafshon biznes siti” hududidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida 29 ta ko‘p qavatli uy qurilishi belgilangan. Mazkur hududning qurish loyihasini (muhandislik tarmoqlari bilan) ishlab chiqish hamda ishlarni bajarish mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi.
Umumiy 62 milliard so‘m mablag‘ talab etilayotgani va shundan joriy yil 1-bosqich ishlarini amalga oshirish uchun 30 milliard so‘m yo‘naltirish reja qilindi.
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi qaroridan so‘ng, Nurafshon biznes siti” hududida auksionda sotilgan yer maydonlaridan kelib tushgan mablag‘lardan 10 milliard so‘mi massivning infratuzilmasini yaxshilash, kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida yo‘naltiriladigan bo‘ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты