Huawei 1
Yangi Toshkent loyihasi Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida amalga oshirilishi belgilandi

Bugun, 18-mart kuni prezident "Yangi Toshkent" qurilishiga tamal toshi qo'yish hamda Toshkent viloyatida quyosh energetikasi loyihalariga start berish marosimida ishtirok etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda poytaxtda yashayotgan va ishlayotgan aholi soni qariyb 5 millionni tashkil qiladi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkich yana ko‘payishi kutilmoqda.

Bugungi kunning o‘zida shaharda yiliga 20 mingdan ziyod kvartirali ko‘p qavatli uylar, 40 dan ortiq maktab, bog‘cha, poliklinika qurishga talab bor.

Shuning uchun poytaxtning barqaror rivojlanishini o‘ylab, kamida 15-20 yil oldin rejalarimizni aniq belgilab olish zarur, dedi davlat rahbari.

Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya, Singapur, Xitoy va Turkiya mutaxassislari bilan Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi ishlab chiqildi.

Jumladan, Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida Yangi Toshkent loyihasini amalga oshirish maqsad qilib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92014 | Инструменты