Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun yer fondi toifasi o'zgartirilayotgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari ro'yxati e'lon qilindi

Prezident qarori bilan Yuqori Chirchiq tumanidan O‘zbekiston, Do‘stlik, Surankent, Turkiston, Guliston, Iyk ota, (Qibray) Nurmuhammedov hamda O‘rta Chirchiq tumanidan Do‘stlik, Oxunbobev, Kim Pen Xva mavzelari va Sholichilik instituti hududidagi qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yerlarning toifasi o‘zgartirilib, Yangi Toshkent shahrini barpo etish uchun ajratiladi.

Yangi shahar uchun ajratilgan salkam 20 ming gektarlik yer maydonining qariyb 13 ming gektari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanar edi.

Yangi Toshkent shahri bosh rejasini ishlab chiqish uchun  Foster and Partners (Buyuk Britaniya), OMA (Niderlandiya) va Meinhardt (Singapur) kompaniyalari jalb qilingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60321 | Инструменты