Avvalroq, davlat rahbari "ToshkentboshplanLITI"ga borib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi bilan tanishgan edi. Joriy yil 18-mart kuni esa Yangi Toshkent shahri loyihasiga tamal toshi qo‘yilgan.
Loyiha konsepsiyasiga ko‘ra, birinchi bosqich doirasida 60 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, davlat idoralari uchun ma’muriy binolar, bog‘lar, ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar barpo etilishi rejalashtirilgan va bu yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi ma’lumotigan ko‘ra, Yang toshkent shahrini barpo etish maqsadida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlaridan jami 19,7 ming gektar yer maydoni ajratilmoqda.
Shundan 12,9 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari va 6,8 ming gektar boshqa yer toifasidagi yerlardir. Jami yerdan foydanuvchilar esa 772 tani tashkil etmoqda. Jumladan:
- fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari yerlari – 1,3 ming gektar (242 ta);
- Yordamchi xo‘jaliklar va issiqxona yerlari – 2,3 ming gektar (49ta);
- Dehqon xo‘jaliklari – 3,2 ming gektar (100 ta);
- O‘zga yerdan foydalanuvchilar – 2,2 ming gektar (379 ta);
- Aholi tomorqalari – 3 ming gektar;
- Mahalliy hokimiyat zahirasidagi yerlar – 600 gektar (2 ta);
- Kanallar va yo‘llarga ajratilgan yerlar – 680 gektar
Konsepsiyaga ko‘ra, shahar kadastri raqamlashtirilib, hududlarning toifasi ochiq-oshkora qayd etib qo‘yiladi. Aholi o‘z mahallasi yoki tadbirkorlar biznes ochmoqchi bo‘lgan yerining qanday hududda joylashganini internet orqali bemalol ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112603 | Инструменты