Huawei 1
Yangi yil bayrami arafasida xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha 16 mingdan ziyod kuch-vosita safarbar etilgan

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda “Prezident archasi” tadbirlari hamda “Yangi yil bayrami”ni yuqori saviyada o‘tkazilishi belgilandi.

Bayram tadbirlari davomida namunali jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida hamkorlikda barcha tashkiliy, profilaktik, tezkor-qidiruv va boshqa chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan,

Bayram tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va tashkil etish bo‘yicha IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Monitoring va muvofiqlashtirish markazida tashkil etilgan idoralararo va shahar-tumanlarda jamoat xavfsizligi xizmati negizida tezkor shtab va ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular tomonidan respublikamizdagi “Yangi yil archalari” hududini, yo‘l-patrul xizmati maskanlarini, jamoat tartibini saqlash xizmatining maxsus muassasalarini, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatining muassasalarini, hamda asosiy chorraha va jamoat joylari nuqtalari onlayn kuzatilib, nazorat qilinmoqda.

25-dekabr kunidan boshlab “Prezident archasi” tadbirlari 14 ta obyektlarda o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, unda 7 mingdan ortiq fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbirlarida xavfsizlikni taʼminlash uchun 640 nafarga yaqin shaxsiy tarkib jalb etilgan.

Asosiy bayram tadbirlari respublikamizning 240 dan ortiq obyektlarida o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, tadbirlarda taxminan 1 mln nafar fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda.

Xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha 16 mingdan ziyod kuch-vositalar safarbar etiligan. Xodimlarga 7 078 ta aloqa, 1 482 ta avtotransport, 2 251 ta metallodetektor, 677 ta metallorama hamda 285 bosh xizmat iti ajratilgan.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar atrofiga intellektual videokameralar o‘rnatilib, monitoring markazlariga integratsiya qilingan.

Tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda adashib qolgan yosh bolalarni vaqtincha saqlash uchun xonalar tashkil etilib, ularga masʼul xodimlar  biriktirilgan.

«Prezident archasi» hamda «Yangi yil bayrami» tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda harakat xavfsizligini taʼminlashga qariyb 2 ming nafar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari jalb etilgan.

Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylardan 150 metr uzoqlikda 324 ta avtoturargohlar tashkil etilib, ushbu joylarning qo‘riqlanishi taʼminlanadi, transport vositalarining tartibsiz qoldirib ketilishi va evakuatsiya yo‘llarining to‘sib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tadbir o‘tkaziladigan obyektlar atrofida tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida ayrim ko‘chalarga vaqtinchalik yo‘l belgilari o‘rnatilib, aylanma yo‘llari tashkil etiladi.

Favqulodda holatlar yuzaga kelganda, fuqarolar va transport vositalarining evakuatsiyasini tashkil etish maqsadida, obyektlar oldiga 192 ta nuqtada maxsus texnikalar joylashtiriladi.

Aholi gavjum bo‘ladigan tungi ko‘ngilochar joylar atrofida transportni yetkazib berish xizmatlari tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122601 | Инструменты