Huawei 1
Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar 6 kun dam oladi

Prezidentning “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini ko‘chirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra,  2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar, shanba kunidan 2-yanvar, payshanba kuniga ko‘chirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar, payshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlarda dam olinadi:

  • 28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
  • 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
  • 30-dekabr (dushanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 31-dekabr (seshanba) — qo‘shimcha dam olish kuni;
  • 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
  • 2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122509 | Инструменты