Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar tomonidan valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident qarori bilan Yangi yil bayramida haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — payshanba kuniga ko‘chirilgan. 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 2-yanvar — payshanba qo‘shimcha dam olish kuni hisoblanadi.
28-dekabrdan 2025-yilning 2-yanvarigacha quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi:
Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122905 | Инструменты