Huawei 1
Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi prezidenti O'zbekistonning Xiroshima shahridagi Faxriy konsuli etib tayinlandi

Yaponiyaning "Balcom Group" kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasakani O'zbekistonning Xiroshima shahridagi Faxriy konsuli etib tayinlashga bag'ishlangan tantanali tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Faxriy konsul O'zbekiston iqtisodiy diplomatiya siyosatini faol ilgari surish, Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hissa qo'shadi.

Tadbirda Xiroshima prefekturasi gubernatori Xidexiko Yuzaki, Xiroshima prefekturasi Assambleyasi spikeri Takashi Nakamoto, Xiroshima savdo-sanoat palatasi raisi Koji Ikeda, Xiroshima universiteti vitse prezidenti Kazuxiro Suga, prefektura shaharlari merlari, mahalliy kengash deputatlari, ishbilarmon doiralar vakillari va boshqalar ishtirok etdi.

O'zbekiston elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov o'z nutqida "Balcom Group" kompaniyasi prezidenti Tetsuro Yamasaka tomonidan so'nggi yillarda mamlakatimizda bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilganini, shuningdek, ikki davlat o'rtasida turizm va madaniy almashinuvlar yo'nalishida ko'plab tadbirlarni tashkil qilganini ta’kidlandi.

O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi hamkorlik aloqalarni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda Yaponiya hududlarida yurtimizning investitsiyaviy, eksport va turizm salohiyatini keng targ'ib qilish, madaniy tadbirlar uyushtirish va vatandoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Tetsuri Yamasakani O'zbekiston Faxriy konsuli etib tayinlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

Xiroshima prefekturasi Gubernatori Xidexiko Yuzaki tomonidan O'zbekiston va Yaponiyani uzoq tarixga ega do'stona hamda o'zaro ishonchga asoslangan aloqalar bog'lab turishini ta’kidladi. Mamlakatimizning Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlari yapon sayyohlarida juda katta qiziqish uyg'otishi, so'nggi yillarda O'zbekistonga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ham oshib borayotgani qayd etildi.

Gubernator Xiroshima shahrida tashkil etilayotgan Faxriy konsullik ushbu prefekturaning O'zbekiston hududlari bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga katta ishonch bildirildi.

Faxriy konsul Tetsuro Yamasaka o'z nutqida, ushbu mas’uliyatli lavozimga tayinlangani va O'zbekiston tomonining yuksak ishonchi uchun minnatdorlik bildirdi. "Faxriy konsullik okrugiga kiruvchi Xiroshima, Fukuoka va Okayama prefekturalari hamda O'zbekiston hududlari o'rtasida keng ko'lamli hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga hissa qo'shish uchun bor bilim va kuchimni sarflashga tayyorman", - dedi u.

Shuningdek, Xiroshima shahrida tashkil etiladigan Faxriy konsullik uchun bino ajratilgani va kelgusida ushbu binoda o'zbek milliy mahsulotlari "shou-rumi" hamda Savdo uyini tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Xiroshima prefekturasida "O'zbekiston brendi"ni keng targ'ib qilish maqsadida o'zbek milliy taomlari restoranini ochish va turizm ko'rgazmasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111819 | Инструменты