Huawei 1
Yer tarixidagi eng issiq kun qayd etildi

2024-yil 22-iyul Yer tarixidagi kamida oxirgi 120 ming yil uchun eng issiq kun bo‘ldi. Bu haqda Yevropa iqlim monitoringi xizmati ma’lumotlari dalolat bermoqda, deya xabar bermoqda Accosiated Press axborot agentligi.

Kopernik sun’iy yo‘ldoshining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba kuni dunyo 21-iyul, yakshanba kuni qayd etilgan avvalgi rekorddan 0,06°C issiqroq bo‘lgan.

Joriy haftaning birinchi kunida global o‘rtacha harorat 17,15°C ga yetdi.

Kopernik xizmati 1940-yildan beri mazkur statistikani yuritib keladi. Olimlarning 120 ming yil davomidagi harorat rekordi haqidagi taxminlari daraxtlar halqalari va muz yadrolari asosidagi tadqiqotlarga asoslangan.

Tadqiqotchilar antropogen issiqxona gazlari emissiyasi Yerdagi iqlim o‘zgarishining asosiy omili ekanligini ta’kidladilar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu omilsiz harorat rekordlari qayd etilmasdi. Uglerod va boshqa moddalar transport, sanoat va energetika infratuzilmasi taraqqiyoti sabab atmosferani ifloslamoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты