Huawei 1
Yerning ichki yadrosi iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘layotgan bo‘lishi mumkin — olimlar

Xitoylik olimlarning Nature Geoscience ilmiy jurnalida chop etgan maqolasi g‘arb matbuotida shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Maqolada zilzilalar natijasida hosil bo‘layotgan seysmik to‘lqin chastotalarini sinchkov tahlil etilgan. Shuningdek, yerning ichki yadrosi so‘ngi o‘n yil ichida deyarli o‘z aylanishini to‘xtatgani va hozirda teskari yo‘nalishda harakatlanishga o‘ta boshlaganini ta’kidlangan.

Olimlar 1990-yildan boshlab, yer plitalari to‘qnashish va chekinish zonalaridagi seysmik faol hududlarda noodatiy silkinish va so‘ngan vulqon og‘zidan vulqon otilib chiqayotgani, umuman yer oxirgi o‘n yillikda g‘ayritabiiy hodisalarni boshidan o‘tkazayotganidan kelib chiqib, shu fikrga kelishdi. Ular mazkur jarayon global xarakterga ega ekanligi, yer yadro ichidagi aylanish o‘zgarayotganini taxmin qilishdi.

Mazkur maqoladan so‘ng, g‘arbda yer yadrosining sayyorada sodir bo‘layotgan jarayonlarga ta’siri to‘g‘risida "qizg‘in bahs-munozaralar to‘lqini" avj oldi. 

The Washington Post gazetasida keltirilishicha, yer yadrosidagi o‘zgarishlar kun davomiyligi, magnit maydoni chastotasi va yer iqlimi o‘zgarishiga bevosita bog‘liq.

Geofizik olimlar 1990-yillar boshida yerning ichki yadrosi o‘z o‘qi atrofida boshqa barcha qatlamlarga qaraganda tezroq aylanishiga oid dalillarni topgan edilar. AQSH tadqiqotchilari esa yer ichki yadrosi aylanish tezligi siklik xarakterga ega ekanligi, u o‘z tezligini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirib turishini aniqlaganlar. Ushbu siklik o‘zgarishlar Yer magnit maydon kuchi, kun davomiyligi, so‘ngi o‘n yillikdagi iqlim o‘zgarish hodisalari bilan sinxron darajada mos tushadi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12904 | Инструменты