Huawei 1
“Yevro-2024” futbol musobaqalari yozuvidan ruxsatsiz foydalangan shaxs jarimaga tortildi

Adliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaati asosida “Yevro-2024” futbol musobaqalari Telegram ijtimoiy tarmog‘ining “ASL FUTBOL (LIVE)” kanalida huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxsning ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan kanal adminiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

Sud qaroriga ko‘ra huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.

"Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan huquq egasining ruxsatisiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligiga murojaat qiling", - deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты