Yil boshidan buyon
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 1 032,2 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 182,2 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida chet elga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
qarindoshlarni yo‘qlash - 795 461 nafar
sayyohlik - 220 771 nafar
davolanish - 8 720 nafar
o‘qish - 5 191 nafar
xizmat yuzasidan - 2 018 nafar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33113 | Инструменты