Yevropa Komissiyasi 2025–2027 yillarga mo‘ljallangan “Raqamli Yevropa” dasturi doirasida sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik sohalariga 1,3 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritishini eʼlon qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi ijro hokimiyatining matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur doirasida mablag‘larning bir qismi generativ sunʼiy intellekt modellarini rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ushbu texnologiyalar tijorat kompaniyalari, davlat sektori, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy parvarish tizimlari uchun yana-da ommabop va qulay bo‘lishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, dastur quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
Ushbu sarmoya Yevropa Ittifoqining raqamli suverenitetini mustahkamlash va mintaqani global raqamli iqtisodiyotning yetakchilaridan biriga aylantirish maqsadida ajratilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40204 | Инструменты