Huawei 1
Yillik 14 foizdan kredit olib beraman deya fuqarolarni chuv tushirib kelgan 20 yoshli firibgar yigitcha qoʻlga olindi

Toshkent shahar, Bektemir tumanida yashovchi 62 yoshli (ayol) M.V. IIOga murojaat qilib, nomaʼlum shaxs tomonidan 1.696.000 soʻm miqdoridagi pullari firibgarlik yoʻli bilan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Xorazm viloyati, Tuproqqalʼa tumanida yashovchi 20 yoshli Ya.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, Ya.A., jabrlanuvchi M.V.ga yillik 14% kredit olib beraman deya uni aldab ishonchiga kirish orqali kartasidan oʻsha vaqtning oʻzida 1.696.000 miqdoridagi pullarni oʻzining foydalanuvida boʻlgan bank plastik kartasiga oʻtkazib olgan va qoʻlga kiritilgan pul mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Ya.A.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты