Huawei 1
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi

O‘zbekistonda endi yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha kiritildi

Kodeksning yangilangan 128-moddasiga ko‘ra, yo‘lning chetki chap qatorida yuk avtomobillarining harakatlanishi (chapga burilish yoki orqaga qayrilish kabi ruxsat etilgan holatlar bundan mustasno) endi bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari, yaʼni 187,5 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Birinchi jarimadan keyin bir yil davomida takroran qoidabuzarlik BHMning 1 baravari (375 ming so‘m), uchinchi qoidabuzarlik BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m), yil davomida to‘rtinchi va undan keyingi qoidabuzarliklar BHMning 4 baravari (1,5 mln so‘m) miqdorida jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oy muddatga mahrum qilish bilan jazolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты