Yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlari bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga yordamlashgan shaxslar mukofotlanadi

Avvalroq, “Yo'llar va yo'l infratuzilmasining yaxshi holatda saqlanishini ta'minlash hamda hududlarni obodonlashtirish bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik. 

Qarorga muvofiq, ruxsatnoma olmasdan yo'l obyektida qurilish va ta'mirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yo'l obyektining avvalgi holatini tiklash bo'yicha majburiyatni bajarmaslik holati bo'yicha huquqbuzarlik aniqlanishiga faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Hududlar qiyofasini yaxshilash maqsadida eksperiment tariqasida 2024-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 1-sentyabrgacha joylardagi hokimlar belgilab beradigan muayyan hududda quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

- fuqarolar va yuridik shaxslarning ularga tegishli bino va inshootga tutash hududlarni obodonlashtirish borasidagi mas'uliyati OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali har bir mahallada mahalla raislari tomonidan tushuntirilishini tashkil qilish;

- ko'p qavatli uylar hovlisi va atrofi, yo'l hamda ko'cha chetlarining obodonlashtirilgan namunaviy ko'rinishini tasdiqlash;

- yo'l va ko'cha chetlaridagi bo'sh yerlarni ko'kalamzorlashtirish bo'yicha dastur tasdiqlash.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70521 | Инструменты