Yoshlar ishlari agentligiga yangi o'rinbosarlar tayinlandi
Hukumat qarori (435-son, 10.07.2020 y.) bilan:
- Sarvar G'aniyevich Ashurov Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sarvar Ashurov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
- Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxanova Yoshlar ishlari agentligi direktorining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Dilnoza Kattaxanova O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari, Kamalak bolalar tashkiloti raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11712 | Инструменты