Yoshlar ishlari agentligiga qo'shimcha funksiyalar yuklandi

“Yoshlarni xorijiy tillarga o'qitish tizimi samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklandi:

— yoshlarni xorijiy tillarga o'qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo'lgan chet tillarini mukammal o'zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;

— xorijiy tillarni o'qitish faoliyati bilan shug'ullanuvchi YTTlar, o'zini o'zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta'lim tashkilotlari (xususiy o'quv markazlari), ushbu yo'nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo'yicha takliflar tayyorlash;

— xususiy o'quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o'rinni egallaganlarni rag'batlantirish;

— yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishni targ'ib qilish, ushbu yo'nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko'rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70102 | Инструменты