Huawei 1
Yunusobodda sodir bo'lgan avtohalokatda bir kishi halok bo'ldi

Joriy yilning 29 sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi "Megaplanet" savdo majmuasi yaqinida BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtohalokatga uchradi. Holat yuzasidan shahar IIBB axborot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

Xabarga ko'ra, 1990-yilda tug‘ilgan Z.R. o‘zining boshqaruvidagi BMW rusumli avtomobilida Ahmad Donish ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasiga qarab harakatlanayotganda rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l transport  hodisasini sodir etgan.

Natijada transport vositasi haydovchisi va yo‘lovchilari 1995-yilda tug‘ilgan J.I. hamda 1996-yilda tug‘ilgan J.Y. kasalxonaga yotqizilgan. 

1994-yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda rulda "Ummon" guruhining sobiq solisti Zohid Rizqiyev bo‘lgani, vafot etgan odam esa uning yaqin do‘sti Sunnat ismli bola ekani aytilmoqda.

Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90315 | Инструменты