Huawei 1
Yurak sog‘lom bo‘lishining 8 qoidasi haqida bilasizmi?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, yurak-qon tomir kasalliklari sababli o‘lim va kasallanishning yetakchi xavf omillari — yuqori arterial qon bosimi, xolesterinning baland qiymati, tamaki chekish va alkogol isteʼmoli hisoblanadi.

Yurak-qon tomir tizimining eng ko‘p tarqalgan xavfli kasalliklari:

- arterial gipertenziya (qon bosimining yuqori bo‘lishi);

- yurak ishemik kasalligi;

- tomirlar aterosklerozi.

Yurak-qon tomir xastaliklarini nazorat qilishning mumkin va mumkin bo‘lmagan xavf omillari mavjud.

Boshqariladigan xavf omillari:

- ortiqcha tana vazni;

- past jismoniy faollik;

- alkogol isteʼmol qilish va tamaki chekish;

- noto‘g‘ri ovqatlanish;

- yuqori qon bosimi;

- qandli diabet;

- stress holatlari.

Nazorat qilib bo‘lmaydigan xavf omillari:

- yosh;

- nasliy moyillik;

- jins.

Sog‘lom yurakning 8 ta asosiy qoidasi:

- qon bosimi 140-90 mm. simob ustunidan past bo‘lishi;

- tamaki chekmaslik va alkogol isteʼmol qilmaslik;

- qonda umumiy xolesterin 5 mmol/l dan past bo‘lishi;

- 3 kilometr piyoda yurish yoki o‘rta darajadagi 30 daqiqalik jismoniy faollik bilan shug‘ullanish;

- tuz miqdori kam bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini yeyish;

- har kuni 300-500 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda meva va sabzavot isteʼmol qilish;

- semizlik va qandli diabetning 2-turidan saqlanish;

- stresslardan uzoq bo‘lish.

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish uchun har yili profilaktik tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish lozim!

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111720 | Инструменты