Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo'riqxonasiga o'rnatilgan fotoqopqonga "Archa maydon" hududida sayr qilib yurgan ona va bola Turkiston silovsini muhrlandi.
Ma'lumot uchun, Turkiston silovsini zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan kenja tur hisoblanadi. Gʼarbiy Tyan-Shan (Ugom, Piskom, Chotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Koʼhitang tizmasi)da tarqalgan.
Hisor togʼ tizmasida 150 ga yaqin, Koʼhitang tizmasida 20–25 ta, Gʼarbiy Tyan-Shanda esa 100 ga yaqin silovsin yashaydi.17 yilgacha umr ko‘radi. Ovlash taqiqlangan. Hisor, Chotqol, Zomin, Surxon qoʼriqxonalarida, Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʼi va Zomin xalq bogʼida muhofaza ostiga olingan. SITESning II Ilovasiga kiritilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61913 | Инструменты