15 yoshli yengil atletikachimiz yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi

Shu kunlarda Kolumbiyaning Kali shahrida yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi (U20) Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda uch hatlab sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Sharifa Davronova 14.02 metr natija bilan g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, Davronova hali 15 yoshda bo‘lib, u musobaqada eng yaqin ta’qibchisini 66 smga ortda qoldirdi. Shuningdek, uning natijasi U-20 tasnifida mavsumning eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ldi.

Uch hatlab sakrash:

Oltin: Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 14.04
Kumush: Aukagos (Fransiya) – 13.38
Bronza: Tiana Boras (Avstraliya) – 13.30

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40614 | Инструменты