2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida bahslashmoqda

Shu kunlarda 2002-2003-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.

Musobaqaga Andijon viloyati Marhamat tumanida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi voleybol va shaxmat maktabi mezbonlik qilmoqda.

10-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu musobaqada respublikamizning Andijon, Fargʻona, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Xorazm viloyatlari jamoalari gʻoliblik uchun bahslarga kirishdi.

Musobaqa Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2020-yil 9-iyundagi 681-sonli "COVID-19 pandemiyasi davrida hududlarda sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar, musobaqalar hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga muvofiq, karantin talablari asosida tashkil etildi.

Oʻzbekiston chempionati bahslari Sirdaryo va Xorazm viloyati voleybolchi qizlari oʻrtasidagi uchrashuv bilan boshlandi. Unda vohalik qizlar yirik – 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Shundan soʻng, maydonga Jizzax va Fargʻona viloyati jamoalari tushishdi. Oʻyinda 3:1 hisobi bilan fargʻonaliklarning qoʻli baland keldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты