Boks bo'yicha erkaklar o'rtasidagi 2019 yilgi jahon chempionati Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tadigan bo'ldi.
Ushbu qaror 24 iyul kuni Moskvada o'tkazilgan AIBA ijroiya qo'mitasi yig'ilishida qabul qilindi.
"Jahon chempionati Sochidagi "Aysberg" saroyida bo'lib o'tadi", deydi Rossiya boks federatsiyasi bosh kotibi Umar Kremlev.
Xalqaro boks assotsiatsiyasi kongressi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadi. Ushbu qaror ham Moskvada bo'lib o'tgan yig'ilishda qabul qilindi.
Ta'kidlash kerak, 2020 yilda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiadaga aynan ushbu musobaqada litsenziyalar o'ynaladi.
Musobaqaning o'tkazilishiga Rossiyadan tashqari Hindiston, Ukraina, Tailand hamda Turkiya da'vogarlik qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62306 | Инструменты