Huawei 1
Abduqodir Husanov eng yosh, Hasanboy eng yaxshi erkak sportchi, Keldiyorova eng yaxshi ayol sportchi — o‘zbek sportidagi yilning eng yaxshilari aniqlandi

Oʻzbek sportida yil sarhisobi. Bugun “Milliy sport mukofoti-2024” marosimida eng munosiblar taqdirlandi.

Yilning eng yaxshi yosh sportchisi: Abduqodir Husanov (futbol)

Yilning eng yaxshi yosh paralimpiyachisi: Asadbek Toshtemirov (para taekvondo)

Noolimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Noparalimpiya sport turlarida yilning eng yaxshi terma jamoasi: Para shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Sport targʻiboti yoʻlidagi uzoq yillik xizmatlari uchun: Lola Abduyusupova (“Sport” telekanali rejissyori)

Yilning eng faol sport targʻibotchisi: Nodir Toʻychiyev

Yilning eng yaxshi sport fotomuxbiri: Almurat Mamadaminov (OʻzA)

Yilning eng yaxshi sport jurnalisti: Marina Yakubova (“Sport” telekanali muxbiri)

Yilning eng yaxshi sport shifokori: Diana Sattarova (Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi)

Yilning eng yaxshi hakami: Zuhra Abdullayeva (ogʻir atletika)

Yuksalayotgan federatsiya: Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi

Yilning eng yaxshi sport tadbiri tashkilotchisi: Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi

Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Yilning eng yaxshi para terma jamoasi: Para yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi terma jamoasi: Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi: Yahyo Yakubov

Yilning eng yaxshi murabbiyi: Toʻlqin Qilichev

Muxlislar mehrini qozongan sportchi: Sitora Turdibekova (boks)

Muxlislar mehrini qozongan para sportchi: Roʻza Qoʻziyeva (para pauerlifting)

Yilning eng yaxshi ayol paralimpiyachisi: Nurxon Qurbonova (para yengil atletika)

Yilning eng yaxshi ayol sportchisi: Diyora Keldiyorova (dzyudo)

Yil kashfiyoti: Razambek Jamalov (erkin kurash)

Yilning eng yaxshi erkak paralimpiyachisi: Husniddin Norbekov (para yengil atletika)

Yilning eng yaxshi erkak sportchisi: Hasanboy Doʻsmatov (boks). 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40811 | Инструменты