Belarusning Minsk shahrida erkin va ayollar kurashi bo‘yicha “Aleksandr Medved” xalqaro xotira turniriga o‘tkazilmoqda. Quvonarlisi unda o‘zbek polvonlari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Ayollar kurashi bo‘yicha o‘tayotgan, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Aktenge Keunimjayeva 50 kg. vazn toifasidagi bahslarda finalga qadar o‘tgan barcha janglarda g‘alaba qozonib, kumush medal sohibasiga aylandi.
Maʼlumot o‘rnida: Aktenge yanvar oyida Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilgan "Ivan Yarigin" xotira turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22000 | Инструменты