Besh nafar para taekvondochimiz Parijga boradi

Para taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning 5 nafar a’zosi yakuniy reyting natijalariga ko‘ra Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, ayni paytga qadar o‘zbekistonlik para atletlarning Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari soni 33 taga yetdi.

- Para o‘q otish – 3 ta
 - Para yengil atletika – 19 ta
- Para suzish – 2 ta
- Para kanoe – 2 ta
- Para akademik eshkak eshish – 1 ta
- Para velosport – 1 ta
- Para taekvondo – 5 ta

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi asosiy musobaqalar hali oldinda va matonatli para atletlarimiz yana ko‘plab yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты