Huawei 1
Bobousmon Baturovning jangi bekor qilindi

10-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida RCC professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Kechaning markaziy jangida hamyurtimiz Bobousmon Baturov rossiyalik Maksim Chernichukka qarshi ringga chiqishi zarur edi. Ammo Bobousmon turnirda jang qilmaydigan bo‘ldi. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha nomaʼlum. Endi Chernichuk hamyurti Ramazan Alimatovga qarshi ringga chiqadi.

Maʼlumot uchun, Bobousmon Baturov hozircha prof boksda 4 marotaba ringga ko‘tarilgan va ularning 3 tasida g‘olib bo‘lgan. 1 ta jang esa durang natija bilan yakunlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты