Niderlandiyada boks boʻyicha “Eindhoven cup” turniri yakuniga yetdi. Xabar berganimizdek, musobaqada ishtirok etgan 3 nafar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi chempionlik uchun ringga koʻtarildi. Hamyurtlarimizdan Abdumalik Xalokov (-60 kg) va Toʻrabek Habibullayev (-90 kg) final janglarini muvaffaqiyatli oʻtkazib, oltin medalga ega chiqishdi. Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-70 kg) esa turnirni kumush medal bilan yakunladi. Qayd etish joiz, musobaqa davomida yorqin janglari bilan ajralib turgan Abdumalik Xalokov “Turnirning eng yaxshi erkak bokschisi” deb topildi.
Oltin medal
-60 kg: Abdumalik Xalokov
-90 kg: Toʻrabek Habibullayev
Kumush medal
-70 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61307 | Инструменты