Huawei 1
“Chempionlarga davlat mukofotidan tashqari avtomobil berishni ham rejalashtirdik”, — Mirziyoyev

Bugun, 10-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurib, shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.

“So'nggi 3 yilda shaxmatga oid uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026 yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik koʻradi. “Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, — deyishadi.

Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya boʻladi. Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat toʻgaraklariga berishni boshlasa kerak. Shuningdek, ularga davlat mukofotlarini ham beramiz. Bundan tashqari, ularga avtomobil berishni ham rejalashtirdik. Axir ularning bokschilardan nimasi kam?”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq, shaxmat Olimpiadasida chempion bo'lgan vakillarimiz individual yo'nalish bo'yicha ham medallarni qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50908 | Инструменты