“Green Hills Resort” maskanida “FARHOD CHALLENGE STRONGMEN GAMES II” xalqaro turniri ochilish marosimi bo'lib o'tdi (foto)

2025-yil 10-iyun kuni Toshkent viloyatining go‘zal tog‘li hududi – Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini” xalqaro turniri doirasida navbatdagi yirik sport va turizm tadbiri – “Farhod Challenge Strongmen Festival” bo‘lib o‘tmoqda.Foto: Uzreport.news

Festivalni UzReport Axborot agentligi bosh direktori Ravshanxon Djurayev hamda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ochib berdi.Foto: Uzreport.news

Ochilish marosimida so'zga chiqqan Zoir Mirzayev polvonlarga omad tiladi.

"Farhod bugun xalqning ramziy hamma havas qiladigan qahramoni. U nafaqat, sportchi, pahlavon balki ilmga intiluvchan jasur o'zbek o'g'lonidir. 

Bugungi festivalga kelgan polvonlarimizga ham shuni faxr bilanaytamanki, "har biringiz butun dunyoda sog'lom turmush tarzining faol targ'ibotchisi hisoblanasizlar, barchangizga omad tilayman", deydi hokim.

Foto: Uzreport.news

Shuningdek, Ravshanxon Djurayev ham so'zining avvalida mazkur musobaqaning o'tkazilishi O‘zbekistonda sport orqali turizm salohiyatini oshirish hamda milliy bahodirlik an’analarini xalqaro maydonga olib chiqishga xizmat qilishini ta'kidladi.

"Mana bir necha yildirki, Xalqaro Strongmen federatsiyasi dunyo bo'ylab va O'zbekistonda har bir millatni o'zini qahramonlari, polvonlariga bag'ishlab chellenjlar o'tkazib kelmoqda. Bu kabi tadbirlardan maqsad butun dunyoda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va shu bilan birga xalqqa o'z polvonlarini tanitish hamda turizmni rivojlantirishdan iborat", deydi Ravshanxon Djurayev.Foto: Uzreport.news

Ochilish marosimidan so'ng, qur’a tashlash jarayoni bilan musobaqaning rasmiy qismi boshlandi.Foto: Uzreport.news

Ma'lumot o'rnida musobaqada dunyoning 20 mamlakatidan eng kuchli, strongmen o’yinlari bilan professional shug’ullanadigan 22 nafar bahodir ishtirok etmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42207 | Инструменты