Sobiq UFC jangchisi Habib Nurmuhammedov MMA tarixidagi eng kuchli 15 jangchi nomini aytdi. Bu haqda u o'zining Twitter'dagi sahifasida yozib qoldirgan.
Habib rossiyalik Fyodor Yemelyanenko va amerikalik Jon Jonsni ushbu ro'yxatga kiritdi. Ikkala afsonaviy sportchini ham Nurmuhammedov o‘z reytingining 1-pog‘onasiga loyiq ko‘rdi.
Reytingning kuchli uchligidan kanadalik Jorj Sen-Per va braziliyalik Anderson Silva o‘rin oldi.
To‘liq reyting (Habib bir nechta jangchilarni bitta o‘ringa qo‘ydi):
1. Fyodor Yemelyanenko / Jon Jons;
2. Jorj Sen-Per;
3. Anderson Silva;
4. Demetrius Jonson;
5. Daniel Korme;
6. Genri Sexudo;
7. Joze Aldo;
8. Kamaru Usmon;
9. Israel Adesanya;
10. Bi Jey Penn;
11. Roys Greysi;
12. Rendi Kutyur / Keyn Velaskes;
13. Den Xenderson / Maurisio Rua;
14. Mirko Filipovich / Stipe Miochich;
15. Dominik Kruz / Frenki Edgar.
Eslatib o'tamiz, Habib Nurmuhammedov professional sportchilik faoliyatini 2020-yilda yakunlagandi. U MMAʼda umumiy 29 ta jang o‘tkazib, barcha to‘qnashuvlarda g‘alaba qozongan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31107 | Инструменты