Habib Nurmagomedov: "Sportga boshqa qaytmayman, qo‘ylar sotib oldim, qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanaman"

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Iqtisodiyot Universitetida oliy ma'lumot olishni niyat qilmoqda. Habib u yerda sirtqi bo'limda o'qiydi. Shuningdek u qishloq xo'jaligi bilan jiddiy shug'ullanmoqchi. Bu haqida yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda gapirib berdi.

"Keyingi yili men bitiraman, men diplom olib, keyin magistraturada o‘qimoqchiman, ta'limga ko'proq vaqt ajratmoqchiman. Bundan tashqari, qo'ylar sotib oldim, qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanaman. Qo‘ylardan tashqari buqalarim va sigirlarim ham bor», - dedi Nurmagomedov.

Uning so'zlariga ko'ra, u o'zini katta siyosatda ko'rmayapti. "Men o'zim foydali bo'lishi mumkin bo'lgan joyda qatnashishni xohlardim, bu katta siyosat emas. Hozirda men katta siyosatchi bo'lmasdan turib ham foyda keltirishim mumkin. Bu men uchun yetarli", - dedi sportchi.

Shuningdek, u o'zining professional sport faoliyatini davom ettirish niyatida emasligini tasdiqladi: "Siz 40 yoshgacha jang qilishingiz mumkin, ammo maqsad bo'lishi kerak. Menda cho'qqiga chiqish maqsadim bor edi, u yerga yetib bordim. U yog‘iga raqobatbardosh qiziqish yo'q".

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100800 | Инструменты