Huawei 1
Humoyun To‘xtamurodov Amerika ligasi bilan shartnoma tuzdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Amerikaning “Global Fight League” (GFL) ligasi bilan shartnoma tuzdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli To‘xtamurodovning mazkur liga bilan bitimi 1 yilga mo‘ljallangan. Bir yil davomida o‘zbekistonlik jangchi liganing 4 ta turnirida ishtirok etishi kutilmoqda.

To‘xtamurodovning “Naiza” ligasi bilan kelishuviga binoan, uning hozirgi proumousheni bilan hamkorligi yakunlanadi.

Qayd etilishicha, To‘xtamurodov GFL'dagi janglaridan 100 ming dollardan ko‘proq gonorar olishi kutilmoqda. To‘xtamurodov ligadagi birinchi jangini mart yoki aprel oyida o‘tkazishi rejalashtirilgan. 

Tez orada o‘zbekistonlik MMA ustasining ligadagi birinchi raqibi nomi ham aniq bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, Humoyun To‘xtamurodov oxirgi jangini o‘tgan yili dekabr oyida “Naiza 70” turniri doirasida o‘tkazib, lamerunlik Franklin Fomevouni 25-sekunddayoq mag‘lubiyatga uchratib, faoliyatidagi 12-g‘alabasini tantana qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10814 | Инструменты