21-dekabr kuni Qozog‘istonning Semey shahrida Naiza 70 turniri bo‘lib o‘tdi va musobaqada o‘zbekistonlik Humoyun To‘xtamurodov ham oktagonga ko‘tarilib, faoliyatidagi navbatdagi g‘alabani rasmiylashtirdi.
Kamerunlik Franklin Fomevou bilan jang qilgan 25 yoshli To‘xtamurodov raqibini 25-sekunddayoq nokautga uchratdi.
“Kelasi yilda rejalar ko‘p. Yangi yildagi birinchi jangim O‘zbekistonda bo‘ladi. 2023 yilda yo‘qotgan vaqlarimni o‘rnini to‘ldirish uchun 2024 yilda 5 ta jang o‘tkazdim”, deydi To‘xtamurodov.
Shunday qilib, o‘zbekistonlik jangchi MMA'dagi 12-g‘alabasini rasmiylashtirdi.
To‘xtamurodovning navbatdagi jangi kelasi yil Toshkentda o‘tkazilishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты