Huawei 1
IJFning yangilangan reytingida 13 nafar dzyudochimiz TOP-20talikda

Xalqaro dzyudo federatsiyasi “Parij-2024” yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi.

 Eʼtiborli jihati ushbu reytingdan o‘zbekistonlik 13 nafar dzyudochi kuchli 20 talikdan o‘rin egalladi.  

 Ular orasida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova Olimpiadadagi g‘alabasidan keyin yetakchilikni yana-da mustahkamlab oldi. U to‘rt yillik o‘yinlarga qadar ham o‘z vaznida karvonboshilik qilib kelayotgandi.  

 Shuningdek, 4 yillikning eng nufuzli musobaqasida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizdan Muzaffarbek To‘raboyev 4-o‘rinda, Alisher Yusupov 8-o‘rinda, Davlat Bobonov 12,  Doston Ro‘ziyev va Dilshodbek Baratov 15-16, Shahram Ahadov 5, Murodjon Yo‘ldoshev 8, Sharofiddin Boltaboyev 7, Shukurjon Aminova 20, Gulnoza Matniyozova 19-o‘rinda qayd etildi.   

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92413 | Инструменты