Maʼlumki, “Parij-2024” Olimpiadasida hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov -92 kilogramm vaznning ilk jangida italiyalik Aziz Abbos Muxidinni mag‘lubiyatga uchratgandi.
Hakamlar qaroridan norozi bo‘lgan Italiya boks federatsiyasi prezidenti Flavio D‘Ambrozi "Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va boks hakamlari Italiyani talon-taroj qildi. Bizdan g‘alaba tortib olindi", deya bayonot berdi.
Uning eʼtirozi tegishli hakamlar komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, Mullajonovning 4:1 hisobida ustunlikka erishgani tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты