Joriy yilning 5-10 oktyabr kunlari Xitoyning Tayyuan shahrida Jahon para taekvondo Gran-prisining yarim final turniri bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor bo‘ldi. Sovrindor sportchilar:
Guljanoy Naimova - oltin
Asad Anvarov - kumush
Asad Toshtemirov - kumush
Ziyoda Isoqova - bronza
Javohir Aliqulov - bronza
Zuhriddin Tohirov - bronza
Tayyuan Gran-prisida dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan 100 nafardan ortiq eng mahoratli para taekvondochilar ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22108 | Инструменты