Konya-2021: Charos Qayumova bronza medali sohibi!
Xabaringiz bor, shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi oʻyinlari davom etmoqda.
Islom birdamligi o’yinlarida taekvondochilarimiz ham delegatsiyamiz hisobiga medal taqdim qilishni boshladilar. -53 kg vazn toifasida bahs olib borgan Charos Qayumova bronza medaliga sazovor bo’ldi. Musobaqaning qolgan kun bahslarida qatnashadigan taekvondochilarimizga ham muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini tilab qolamiz.
Oʻzbekiston delegatsiyasi hozircha turnirda 3 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medalni qoʻlga kiritgan.
Avvalroq, ushbu musobaqa doirasida para suzuvchi Azizbek Boynazarov oʻzi uchun ikkinchi, delegatsiya hisobiga uchinchi oltin medalni taqdim etgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты