Konya-2021: Velosportchi Sofiya Karimova ilk startdayoq medalga sazovor bo'ldi

Kecha, 5-avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida velosport bo'yicha xalqaro musobaqa start oldi. Unda trek dasturida bahs olib borgan velosportchilarimiz Konya-2021 Islom birdamligi oʻyinlaridagi ilk medalga mualliflik qilishdi. Ayollar oʻrtasida skretch boʻyicha guruh poygasida ishtirok etgan Sofiya Karimova bronza medaliga sazovor boʻldi! Ushbu dasturda ishtirok etgan boshqa bir vakilamiz Nafosat Qoʻziyeva esa 10-boʻlib marraga yetib keldi.

Shuningdek, kechagi kun doirasida yigitlarimiz ham ajoyib ishtirok etishdi. Afsuski, so’nggi metrlarda Botir Ismatovga bronza medali uchun biroz omad yetishmadi. Hamyurtimiz marra chizig’ini to’rtinchi bo’lib kesib o’tdi. Daniil Yevdokimov esa finishga 1 aylana qolganida to’qnashuv sabab yiqilib tushdi va marraga yetib kela olmadi.

Shuningdek, bugungi kun dasturida velosportchilarimiz trek yo‘nalishining yakkalik ta’qib poygasi dasturida bahs olib borishadi. Saralash bahslari Toshkent vaqti bilan 12:00 da boshlansa, 19:00 dan medallar uchun bahslarga navbat beriladi. Unda ishtirok etadigan jamoamiz tarkibi:

Erkaklar: Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov.
Ayollar: Anna Kuskova, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40417 | Инструменты