Huawei 1
Kostya Tszyu Tayson-Jons jangi haqida: "Tezkor nokaut bo'lmaydi deb umid qilaman"

Yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kostya Tszyu og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va Roy Jons o'rtasidagi ko'rgazmali jang haqida fikr bildirdi. 

«Umid qilamanki, bu jang uzoq davom etadi va tezkor nokaut bo'lmaydi. Garchi xavotirlar mavjud bo'lsa ham. Men ajoyib jangni ko'rmoqchiman. Roy Jonsni qanchalik yaxshi ko'rsam ham, u temir Maykka har qarshi tura olishiga ishonmayapman.

Tayson og'irroq, u nokaut qilishi ham mumkin. Mening taxminim shuki, Tayson ushbu jangda g'olib chiqadi ", - dedi Tszyu. 

Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson - Roy Jons o‘rtasidagi jang 29-noyabr kuni ertalab soat 07:00da UZREPORT TVda jonli efirda namoyish qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты