Huawei 1
Krouford - Madrimov jangi borasida muzokaralar boshlangani maʼlum qilindi

Boks bo‘yicha WBA kamari sohibi Isroil Madrimov navbatdagi jangini mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi o‘tkazishi mumkin.

BoxingScene maʼlumotiga ko‘ra, -66,7 kg vazn toifasida WBC, WBA va WBO kamarlari sohibi bitta yuqori vazn - 69,9 kg vaznda WBA kamari egasi, hamyurtimiz Isroil Madrimov o‘rtasida jang tashkil etilishi kutilmoqda.

Ushbu katta jang 3 avgust kuni Los-Anjelesda o‘tkazilishi mumkin. Boks oqshomi Saudiya Arabistoni Qirollik kanselyariyasi maslahatchisi, Saudiya ko‘ngilochar bosh boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayh tomonidan o‘tkaziladigan debyut turnir bo‘ladi. Shuningdek, Matchroom Boxing hamkorligida o‘tkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga