Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari eʼlon qilindi
Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) Boshqaruv kengashi Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari dasturiga kiritish uchun 22 sport turini tasdiqladi.
Quyida tasdiqlangan 22 sport turi bilan tanishtirib oʻtamiz:
1. Para badminton
2. Bochcha
3. Koʻzi ojizlar futboli
4. Golbol
5. Para dzyudo
6. Para kanoe
7. Para ot sporti
8. Para stol tennisi
9. Aravachada tennis
10. Aravachada qilichbozlik
11. Aravachada basketbol
12. Para kamondan otish
13. Para yengil atletika
14. Para pauerlifting
15. Para voleybol
16. Para suzish
17. Para akademik eshkak eshish
18. Para oʻq otish
19. Para taekvondo
20. Para triatlon
21. Aravachada regbi
22. Para velosport
Los-Anjeles – 2028 yozgi Paralimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi, shuningdek, musobaqa dasturiga qoyaga chiqish va syorfing sport turlarini ham kiritishni oʻrganib chiqmoqda. Bu boradagi yakuniy qaror IPC Boshqaruv kengashi tomonidan 2023-yil oxirigacha qabul qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22004 | Инструменты